date

Argentinaning Kilmes klubi stadionni yangilashga muxlislarni chorlamoqda

Argentinaning Kilmes klubi stadionni yangilashga muxlislarni chorlamoqda

1887 yilda tashkil etilgan «Kilmes» Argentinadagi eng qadimiy klublardan biri sanaladi. Ko‘p yillik tarix sabab jamoaning muxlislari ham talaygina, biroq hozir klub og‘ir davrni boshdan kechirmoqda va yordamga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbariyati stadionni qayta qurish rejalari bilan muxlislarga murojaat qildi. Gap odatdagidek xayriya mablag‘i yig‘ish haqida emas: ishqibozlarga stadionga kelib, jismonan mehnat qilib, ta’mirlash va qayta jihozlashdagi topshiriqlarda bevosita qatnashish taklif etildi.

Janubiy yarim sharda jazirama yoz bo‘lishiga qaramay, muxlislar bu chaqiriqqa ijobiy munosabat bildirdi va tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentinaning Kilmes klubi stadionni yangilashga muxlislarni chorlamoqda