Ronaldu faoliyatini yakunlash muddatini belgilab oldi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini qachon tugatishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, portugaliyalik 2027 yil yozida amaldagi shartnomasi yakunlangach, Saudiya klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, aynan o‘sha paytda Ronaldu katta ehtimol bilan professional futbol bilan ham xayrlashadi. 2027 yilga borib, «Oltin to‘p»ning besh karra sohibi 42 yoshga to‘ladi.
Ronaldu «Al-Nasr» safida 2023 yil boshidan buyon to‘p surib kelmoqda. Hozirda 40 yoshli forvard Saudiya Arabistoni chempionatining to‘purarlar poygasida 16 uchrashuvda urgan 16 goli bilan yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing