Bavariya Upamekano bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara qilmoqda

Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma masalasida hozircha yakuniy kelishuvga erishgani yoʻq. Bu haqda jurnalist Maksimilian Koh xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, tomonlar asosan ikki band ustida bosh qotirmoqda: kelishuvning amal qilish muddati va shartnomani muddatidan oldin bekor qilish shartlari. Futbolchi jamoada 2030 yoki 2031 yilgacha qolishi mumkinligi muhokamada. Erta bekor qilish bandi esa 2027 yildan (o'yinchi istagi) yoki 2028 yildan (klub istagi) kuchga kirishi ehtimoli bor.
Moliyaviy masalalar esa deyarli hal qilingan: Upamekanoning maoshi 20 million yevro bo'lishi va shuncha miqdorda imzo bonusini olishi kelishib qo'yilgan. Muzokaralar bir oyga choʻzilganiga qaramay, himoyachining klubda qolish ehtimoli yuqori baholanmoqda.
Joriy mavsumda 27 yoshli fransuz 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, 1 ta golli pas berdi va 7 ta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!