Xaykin Manchster Sitini yengish Norvegiya sporti tarixiga kirdi dedi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi darvozaboni Nikita Xaykin Chempionlar ligasida «Manchester Siti» ustidan qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabaga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norveglar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Xaykinning aytishicha, o‘yin tugaganidan keyin ham ular XXI asr futbol industriyasidagi eng kuchli tizimlardan birini mag‘lub etganini darhol anglab yetishmagan. Uning ta’kidlashicha, bu natija nafaqat «Bude-Glimt», balki butun Norvegiya va Norvegiya sporti uchun ham tarixiy voqea bo‘ldi.
Darvozabon ushbu g‘alabani shaxsiy faoliyatidagi eng muhim yutuqlardan biri sifatida ham qayd etdi.
Hozirda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!