Slutskij boshchiligidagi Shanghai Shenhua yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskij boshqaruvidagi «Shanghai Shenhua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Sanfrecce Hiroshima»ga 0:1 hisobida yutqazib, turnirda yana ochkolar ololmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi — yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Bu natija Xitoy klubi uchun musobaqadagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan keyin «Shanghai Shenhua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Sanfrecce Hiroshima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing