Vinisius va Valverde "Real Madrid" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi

Vinisius va Valverde "Real Madrid" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi
Qisqacha

Vinisiyus va Valverde "Real Madrid" jamoasining mashg'ulotlarida ishtirok etmadi. Valverde dam olish uchun ruxsat olgan bo'lsa, Vinisiyus jismoniy charchoq sababli alohida mashq qildi. U 57 ta o'yindan 55 tasida maydonga tushgan va ertaga mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda, ammo "Mallorca"ga qarshi asosiy tarkibda o'ynashi yoki zaxirada qolishi hali aniq emas.

"Real Madrid" jamoasining braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior va urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverde Ispaniya chempionati doirasidagi "Mallorca"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan jamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

"AS" nashri xabariga ko'ra, Valverdega klub rahbariyati tomonidan dam olish huquqi berilgan. Urugvaylik futbolchi diskvalifikatsiya tufayli baribir bo'lajak uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Shu sababli murabbiy Alvaro Arbeloa ixtiyorida hozirda 20 nafar futbolchi qolgan.

Vinisius esa bazaga qaytgan bo'lsa-da, umumiy guruhdan alohida holda ishladi. Braziliyalik yulduz jismoniy charchoq tufayli fizioterapiya va tiklanish mashqlari bilan cheklandi.

U klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng 57 ta o'yindan 55 tasida maydonga tushgan.

Hujumchining ertaga mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Biroq uning "Mallorca"ga qarshi asosiy tarkibda tushishi yoki Chempionlar ligasi doirasidagi "Bavariya" bilan o'yin oldidan zaxirada qoldirilishi hozircha noma'lum bo'lib qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar