date

"Bavariya" Entoni Gordonni 80 million yevroga sotib oladi

"Bavariya" Entoni Gordonni 80 million yevroga sotib oladi

Myunxenning "Bavariya" klubi kelasi yozgi transfer oynasi uchun o'zining asosiy maqsadlarini belgilab oldi. "Nyukasl" hujumchisi Entoni Gordon nemis grandi uchun eng maqbul variant sifatida ko'rilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Avvalroq myunxenliklar ro'yxatida birinchi o'rinda turgan Yan Diomande transferi juda qimmatga tushishi mumkinligi sababli, klub rahbariyati e'tiborini ingliz futbolchisiga qaratdi.


"Nyukasl" o'z to'purarini kamida 80 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Klub moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilish uchun mablag' yig'ishi zarur bo'lib turibdi.

Gordonning o'zi ham Myunxenga ko'chib o'tishni faoliyatidagi mantiqiy qadam deb hisoblamoqda va Maykl Olisning yangi jamoasiga tez moslashib ketganini kuzatib bormoqda.


"Leypsig" vakili Yan Diomande uchun esa nemis klubi 100 million yevrodan kam bo'lmagan mablag' talab qilmoqda. 19 yoshli ivuarlik iqtidorga "Liverpul" va PSJ kabi jamoalar ham qiziqish bildirgan.

Biroq "Red Bull" rahbari Oliver Minslaff yosh yulduzni kelasi yozda sotish niyati yo'qligini va u jamoada yana bir mavsum qolishi kerakligini ta'kidladi.

Entoni Gordonning universalligi "Bavariya" murabbiylar shtabini o'ziga jalb qilmoqda. U chap qanotda Luis Diasga raqobat tug'dirishi, Garri Keynga hujumda ko'maklashishi yoki o'ninchi raqamli pozitsiyada harakat qilishi mumkin.

"Nyukasl"ning Yevrokuboklarga yo'llanma ololmagani ham ushbu transfer amalga oshish ehtimolini oshirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Bavariya" Entoni Gordonni 80 million yevroga sotib oladi