Valverdening rafiqasi hakamning "Barselona" foydasiga chiqargan qarorini masxara qildi

1 daqiqa o'qish325
Valverdening rafiqasi hakamning "Barselona" foydasiga chiqargan qarorini masxara qildi

"Real Madrid" yulduzi Federiko Valverdening rafiqasi Mina Bonino Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida o'tgan "Barselona" va "Atletiko" uchrashuvidagi hakamlik qarorini keskin tanqid qildi. Bahs "Riasor Metropolitano" stadionida bo'lib o'tdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvning 46-daqiqasida hakam Xerard Martinga raqib futbolchisi Tiago Almadaga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatgan edi. Biroq VAR tizimi orqali vaziyatni qayta ko'rib chiqqan hakam o'z qarorini o'zgartirdi va futbolchiga faqat sariq kartochka berish bilan cheklandi.

Mina Bonino o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu vaziyatga munosabat bildirib, hakamning qarorini masxara qildi. U kulgich emojisini qo'shgan holda: «Agar bu qizil kartochka bo'lmasa, stadionni yopish kerak», deb yozib qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" birinchi bo'lim yakunlanmasidan oldin Niko Gonsales chetlatilgani sababli maydonda bir kishi kam bo'lib qolgan edi. O'yin 2:1 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo'ldi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Barselona" 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ularning eng yaqin ta'qibchisi "Real Madrid" esa bu turda "Real Mayorka"ga imkoniyatni boy berib, oradagi farqni 7 ochkogacha yetkazdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?