Alvares "Barselona"ga o'tishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Alvares "Barselona"ga o'tishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Qisqacha

Julian Alvares "Barselona"ga o'tishi haqidagi xabarlarni rad etdi. U bu muloqotlarni "yolg'onlar to'plami" deb atab, joriy klubidagi maqsadlariga e'tibor qaratishini ta'kidladi. Alvares "Atletiko"da asosiy etakchilardan biri bo'lib qolmoqda va klub uni qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.

"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tishi borasidagi xabarlarga keskin munosabat bildirdi. Argentinalik futbolchi kataloniyaliklar bilan muzokaralar boshlangani haqidagi mish-mishlarni mutlaqo asossiz deb hisoblaydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hujumchi Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan o'zining kelajagi borasidagi savollarga javob berdi. U matbuotda tarqalayotgan ma'lumotlarni «yolg'onlar to'plami» deb atab, bor e'tiborini joriy klubidagi maqsadlariga qaratganini ta'kidladi.

Alvares "Barselona"ga o'tishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Avvalroq Ispaniya OAVda "Barselona" rahbariyati Alvaresning transferi bo'yicha aloqaga chiqqani va yirik bitim tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchi bu ma'lumotlarni rad etib, klubini o'zgartirish niyati yo'qligini bildirdi.

Xulian Alvares joriy mavsumda Madrid klubining asosiy yetakchilaridan biri bo'lib qolmoqda. Uning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi uzoq muddatga mo'ljallangan va klub rahbariyati ham hujumchini qo'yib yubormoqchi emas.

Alvares "Barselona"ga o'tishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar