date

Valverdening yo'qligi «Real Madrid» jamoasining mag'lubiyatiga asosiy sabab bo'ldi

Valverdening yo'qligi «Real Madrid» jamoasining mag'lubiyatiga asosiy sabab bo'ldi

Ispaniyaning «Marca» nashri tahliliga ko'ra, La Liganing 30-turida «Real Madrid» jamoasining «Malorka»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishida urugvaylik yulduz Federiko Valverdening maydonda yo'qligi asosiy sabablardan biri bo'ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Madridlik jurnalist Pablo Poloning fikricha, Valverdening ta'siri faqat gollar yoki hujumdagi faollik bilan cheklanmaydi. U maydonda yetakchilik qobiliyatini namoyish etib, sardorlik vazifasini ham bajarib kelayotgan edi.


«Real Madrid» «Malorka»da chempionlik unvoni uchun Valverdesiz kurashdi va buning oqibati barchaga ma'lum bo'ldi. Jamoaning himoya chizig'idagi inqiroz jiddiylashib bormoqda, chunki g'alaba qozonishni istagan jamoalar himoyadan boshlab quriladi», — deya qo'shimcha qildi Polo.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida murabbiy Alvaro Arbeloa tomonidan amalga oshirilgan o'zgarishlar ham kutilgan natijani bermadi. Bellingem, Mastanuto va hatto Vinisiusning maydonga tushishi «qirollik klubi» o'yinida sezilarli burilish yasay olmadi.

Hisobotdagi yagona ijobiy holat sifatida Militaoning safga qaytishi ko'rsatilgan. Himoyachi o'ziga ajratilgan vaqt ichida jamoa uchun muhim o'yinchi ekanini isbotladi.

Hozirda «Real Madrid» uchun Chempionlar ligasi yagona umid bo'lib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Valverdening yo'qligi «Real Madrid» jamoasining mag'lubiyatiga asosiy sabab bo'ldi