date

Haykin Man City ustidan g'alabani Norvegiya sporti tarixiga kiritdi

Haykin Man City ustidan g'alabani Norvegiya sporti tarixiga kiritdi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi darvozaboni Nikita Haykin «Manchester Siti» ustidan qozonilgan so'nggi g'alabani izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norveglar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Haykinning aytishicha, jamoa o'yindan keyin ham nima ish qilganini darhol anglab yetmagan. U «Manchester Siti»ni XXI asr futbol industriyasidagi eng kuchli tuzilmalaridan biri, deya ta'riflab, bu bahs nafaqat «Bude-Glimt», balki butun Norvegiya sporti uchun ham tarixiy voqea bo'lganini ta'kidladi.

Darvozabon ushbu g'alabani faoliyatidagi eng muhim natijalardan biri sifatida qayd etdi.

Ayni paytda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Haykin Man City ustidan g'alabani Norvegiya sporti tarixiga kiritdi