David Trezege River Pleyt rahbariyatiga qaytdi va ish boshlaydi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq «River Pleyt» safida ham to'p surib, hatto mamlakat ikkinchi ligasida chempionlikni qo'lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege Buenos-Ayresdagi klubda maydondan tashqarida ishlaydi — u «River Pleyt» rahbariyati tarkibiga qo'shilmoqda. Klub sobiq futbolchini butun boshqaruv jamoasi ishtirokida tantanali tarzda tanishtirdi.
Trezegega aniq qanday lavozim berilgani rasman ochiqlanmadi. Shunga qaramay, u strategik masalalar bilan shug'ullanishi hamda «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillik qilishi ma'lum qilindi.
Eslatib o'tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!