Al-Nasr Ronalduni 2027 yildan keyin ham saqlab qolmoqchi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida amaldagi shartnomasi yakunlangach «Al-Nasr»ni tark etishni ko‘zlayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobs bergan ma’lumotga ko‘ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda ushlab qolish uchun unga klub egasi sifatida rol taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Xususan, Ronalduning «Al-Nasr»dagi hozirgi ulushini 15 foizgacha oshirish g‘oyasi muhokama qilinmoqda. Liga rahbariyati Ronaldu ketgan taqdirda jahon miqyosidagi qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli rejalarni tahlil qilmoqda.
Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr»ga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.