Jikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini izohladi

Antalyaspor himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining jamoada qolish-qolmasligi borasidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So'nggi uchrashuvlarda maydonga tushmaganiga sabab mikrojaroqat bo'lgani, hozir esa tiklanib ulgurgani qayd etildi. Kuzmichyov fikricha, himoyachi keyingi o'yinda yana tarkibda paydo bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda turk klubi Spartakning sobiq sardori bilan xayrlashishni ko'rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol muallifi bo'ldi. Uning Antalyaspor bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!