Fargʻonada yangi elektropoyezd yoʻlga tushdi, imkoniyatlar kengaydi (foto)

Farg'onada yangi zamonaviy elektropo'ezd ishga tushirildi, bu transport infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan muhim qadamdir. Prezident Shavkat Mirziyoevning ishtirokida amalga oshirilgan ilk safar, Andijon, Qo'qon, Marg'ilon va Namangan shaharlarini bog'laydi. Yangi po'ezd 586 yo'lovchini sig'dira oladi va soatiga 120 km tezlikda harakatlanadi, narxlari esa avtotransportga nisbatan ancha arzon. Bu loyiha 2030 yilga qadar temiryo'l transportida yo'lovchi tashish hajmini oshirishga qaratilgan va yangi ish o'rinlari yaratishga yordam beradi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Fargʻona vodiysida transport infratuzilmasini yaxshilash yoʻlida muhim qadam tashlandi. Andijon, Qoʻqon, Margʻilon va Namangan shaharlarini bogʻlovchi zamonaviy elektropoyezd qatnovi rasman ishga tushirildi.
Mazkur yoʻnalish boʻylab ilk safarni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga amalga oshirdi. Davlat rahbari Qoʻqondan Margʻilongacha boʻlgan yoʻlni yangi poyezdda bosib oʻtib, loyihaning ahamiyatini alohida taʼkidladi.

Ushbu tashabbus 2030 yilgacha temiryoʻl transportida mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish hajmini oshirishga qaratilgan qaror ijrosi doirasida amalga oshirildi. 324 kilometrlik temiryoʻl halqasi vodiy shaharlarini yanada yaqinlashtirib, aholi uchun qulay va arzon harakat imkoniyatini taqdim etadi.
Yangi elektropoyezd mahalliy ishlab chiqarish — Toshkent yoʻlovchi vagonlari zavodida yaratilgan. Olti vagondan iborat tarkib 586 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan boʻlib, soatiga 120 km tezlikkacha harakatlana oladi.

Eng qizigʻi — narxlar. Masalan, Qoʻqondan Margʻilongacha safar atigi 15 ming soʻm. Bu avtotransportga nisbatan ancha tejamkor va qulay variant hisoblanadi. Kuniga 1,5 ming, yiliga qariyb 600 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish rejalashtirilgan.
Poyezd ichi ham “level-up”: konditsioner, iqlim nazorati, bepul Wi-Fi, USB-portlar — hammasi bor. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus sharoitlar, velosipedlar uchun joylar ham tashkil etilgan. Xavfsizlik masalasi ham chetda qolmagan — videokuzatuv va zamonaviy kresh-tizimlar oʻrnatilgan.

Yoʻl davomida prezident hudud faollari bilan suhbatlashib, loyihaning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatiga toʻxtaldi. Ayniqsa, bekatlar atrofida xizmat koʻrsatish, turizm va kichik biznesni rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish masalasiga urgʻu berildi.
Qisqacha aytganda, bu shunchaki poyezd emas — bu vodiy uchun yangi ritm. Endi masofalar qisqardi, imkoniyatlar esa kattalashdi.































Izohlar 0
…