date

Xaykin Manchester Siti ustidan g'alabani tarixiy deb atadi

Xaykin Manchester Siti ustidan g'alabani tarixiy deb atadi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi darvozaboni Nikita Xaykin «Manchester Siti» ustidan qo‘lga kiritilgan sensatsion g‘alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norveglar 3:1 hisobida zafar quchdi.

«O‘yin tugaganidan keyin ham biz nimani uddalaganimizni darrov anglab yetmadik. Futbol industriyasida XXI asrning eng kuchli tizimlaridan birini yengdik. Bu bahs nafaqat biz, balki butun Norvegiya va norveg sporti tarixiga kiradi», — dedi Xaykin VideoSports dasturida.

Darvozabon ushbu g‘alabani faoliyatidagi eng muhim natijalardan biri sifatida e’tirof etdi.

Hozirda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xaykin Manchester Siti ustidan g'alabani tarixiy deb atadi