date

Xaykin Man Siti ustidan g'alabani norveg sporti tarixi dedi

Xaykin Man Siti ustidan g'alabani norveg sporti tarixi dedi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» jamoasi darvozaboni Nikita Xaykin «Manchester Siti» ustidan qo'lga kiritilgan so'nggi g'alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 7-tur uchrashuvida norveglar 3:1 hisobida zafar quchdi.

«O'yindan keyin ham biz, ehtimol, XXI asr futbol industriyasidagi eng kuchli tizimlardan birini yengganimizni darhol anglab yetmadik. Bu bahs nafaqat biz uchun, balki norveglar va umuman Norvegiya sporti uchun ham tarixga kirdi», — dedi Xaykin «VideoSports» dasturida.

Darvozabon bu natija uning faoliyatidagi eng muhim g'alabalardan biri ekanini ham ta'kidladi.

Hozirda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xaykin Man Siti ustidan g'alabani norveg sporti tarixi dedi