David Trezege River Pleyt rahbariyatiga qaytib ish boshladi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to‘p surgan va jamoa bilan mamlakat ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga yo‘l oldi: u “River Pleyt”ning rahbariyat tarkibiga qo‘shilmoqda. Klub uning taqdimot marosimini o‘tkazdi, unda yuqori boshqaruv vakillari ham qatnashdi.
Trezegega berilgan aniq lavozim hozircha ochiqlanmagan. Shunga qaramay, u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi hamda “River Pleyt”ni institutisonal darajada vakillashi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing