date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy murabbiyligidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi o‘yinda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

6 turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg‘argan holda 3-pog‘onada joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi