Buxoroda 1 tonnaga yaqin spirt noqonuniy sotilgani fosh etildi

Buxoroda 1 tonnaga yaqin spirt noqonuniy sotilgani fosh etildi
Qisqacha

Buxoro viloyatining Jondor tumanida 1 115 litr etil spirtini noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etildi. Aniqlanishicha, tadbirkor va uning sherigi tegishli litsenziyasiz jami 72 million so‘mlik mahsulotni turli byudjet tashkilotlariga yetkazib bergan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida katta miqdorda etil spirtining noqonuniy savdosi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlumotiga koʻra, Jondor tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor va yana bir fuqaro oʻzaro kelishgan holda qonunga zid faoliyat yuritgan.

Aniqlanishicha, ular litsenziya va tegishli hujjatlarsiz 1 115 litr etil spirtini sotish bilan shugʻullangan.

Mazkur mahsulotlarning umumiy qiymati 72 million soʻmni tashkil etgan.

Tekshiruv davomida spirt birja savdolari orqali Olot tumani tibbiyot birlashmasi va boshqa budjet tashkilotlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan yetkazib berilgani maʼlum boʻlgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar