date

Sevilya Atletikga qarshi irodali g'alabani qo'lga kiritdi

Sevilya Atletikga qarshi irodali g'alabani qo'lga kiritdi

La Liganing 21-turida “Sevilya” o'z maydonida “Atletik” bilan tengma-teng kechgan bahsda kambek evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv boshida Akor Adams xavfli vaziyat yaratdi, biroq darvozabon uning zarbasini qaytardi. Inyigo Ruis jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbada biroz aniqlik yetishmadi. Birinchi bo'lim o'rtalarida mezbonlar Nemanya Gudelj orqali hisobni ochgandek bo'ldi, ammo qoida buzilishi sababli gol bekor qilindi.

40-daqiqada Urko Isetaning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Roberto Navarro darvozaga joylab, mehmonlarni oldinga olib chiqdi — 0:1. Oradan ko'p o'tmay Xuanlu Sanchesning uzatmasidan so'ng Jerar Fernandes javob golini urib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Ikkinchi bo'lim boshida Yuri Berchiche qarshi hujumni qo'l bilan to'xtatib qoldi va hakam penalti belgiladi. 11 metrli zarbani Adams aniq ijro etib, darvozabon boshqa burchakka sakraganidan foydalanib “Sevilya”ni oldinga olib chiqdi — 2:1. Shuningdek, Kike Salasning yiqilgan holatda “qaychi” uslubidagi zarbasi ham esda qoldi, biroq darvozabon uni qaytardi.

Ushbu natijadan keyin har ikki jamoada 24 ochkodan bo'lib, ular turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sevilya Atletikga qarshi irodali g'alabani qo'lga kiritdi