date

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida yana ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda Yaponiyaning “Sanfrechche Xirosima” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar himoyachisi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu mag‘lubiyat “Shanxay Shenxua” uchun musobaqadagi uchinchi ketma-ket yutqazish bo‘ldi.

Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi