date

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni so'zida turmadi deya tanqid qildi

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni so'zida turmadi deya tanqid qildi

“Fenerbahche”ning sobiq yarim himoyachisi Linkoln portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo haqida keskin fikr bildirdi. Mutaxassis Istanbul klubini 2024–2025 yillarda boshqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linkolnning aytishicha, Mourinyo unga bergan va’dasini bajarmagan va futbolchiga nisbatan hurmatsizlik qilgan. “U ko‘p narsa yutgan, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin men uchun hayotda xarakter sovrinlardan ham muhim. Mourinyo meni hayratda qoldirdi”, — dedi u Fanatik nashriga.

Futbolchi “Hull Siti”ga ijaraga ketishidan oldin Mourinyo bilan gaplashgani, murabbiy esa uni Portugaliyadagi yozgi yig‘inga chaqirishini aytganini ta’kidladi. “Mavsum tugagach, chaqiruvni kutdim. Tarjimon orqali Mourinyo bilan bog‘lanmoqchi bo‘ldim, ammo u gaplashishni istamadi va sport direktoriga murojaat qilishimni aytdi”, — deydi Linkoln.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa Portugaliyada yig‘inda bo‘lgan paytda o‘zi ham Portugaliyada uyida turgan, shunga qaramay Mourinyo uni Istanbulga yuborib, alohida shug‘ullanishni buyurgan. “Menga nisbatan adolatsiz va hurmatsiz munosabat bo‘ldi. Ko‘p o‘yinlarda o‘zimning pozitsiyamda bo‘lmasam ham klubga foydam tegishi uchun borimni berdim”, — dedi futbolchi.

Linkoln og‘ir jarohatdan keyin qo‘llab-quvvatlash kutganini, biroq buni sezmaganini ham qo‘shimcha qildi. “Men boshqalar kabi mashhur futbolchi emasman, ammo maydonda doim oxirigacha ishlaganman”, — deya yakunladi u.

Hozirda Joze Mourinyo “Benfika”ni boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni so'zida turmadi deya tanqid qildi