date

Kilmens stadionni yangilash uchun muxlislarni yordamga chaqirmoqda

Kilmens stadionni yangilash uchun muxlislarni yordamga chaqirmoqda

Argentina futbolining eng qadimiy klublaridan biri bo‘lgan «Kilmens» (1887 yilda tashkil topgan) hozir murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Shu sabab klub rahbariyati ko‘p sonli muxlislaridan ko‘mak so‘radi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub stadionni qayta qurish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan, biroq gap odatdagidek mablag‘ yig‘ish haqida emas. «Kilmens» muxlislarni bevosita stadionga kelib, jismoniy mehnat orqali ta’mirlash va qayta jihozlash ishlarida qatnashishga taklif qildi.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, muxlislar chaqiriqqa ijobiy munosabat bildirdi va tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kilmens stadionni yangilash uchun muxlislarni yordamga chaqirmoqda