date

Arteta Vieyraning tanqidiga munosabat bildirdi va bahsga yakun yasadi

Arteta Vieyraning tanqidiga munosabat bildirdi va bahsga yakun yasadi

Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Yunayted»ga qarshi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng sobiq sardor Patrik Vieyraning fikrlariga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Afsonaviy fransuz futbolchi yakshanba kungi o‘yindan keyin «kanonirlar»ga mental barqarorlik yetishmayotganini ta’kidlab, natijani aynan shu omil bilan bog‘lagan edi.

«Vieyraning so‘zlari? Hammasi joyida, biz har qanday fikrni qabul qilishga tayyormiz. Milanda [«Inter»ga qarshi uchrashuvda] juda yaxshi o‘ynadik, bugun esa o‘zimizni u qadar ko‘rsata olmadik. O‘tkazilgan o‘yinlar sonini hisobga olsak, buni psixologik muammo bilan bog‘lash mumkinmi-yo‘qmi, aniq ayta olmayman», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Shunga qaramay, «Arsenal» APL turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Biroq «Manchester Siti» va «Aston Villa»dan ustunlik hozir to‘rt ochkogacha qisqardi — avval bu farq yetti ochko edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta Vieyraning tanqidiga munosabat bildirdi va bahsga yakun yasadi