Spalletti Yuventus hujumchisi Yildizni inoplanetian deb atadi

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoa hujumchisi Kenan Yildizning o'yinidan yana bir bor hayratini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
20 yoshli futbolchi A Seriyaning 22-turida "Napoli" ustidan 3:0 hisobidagi yirik g'alabada muhim rol o'ynadi va gol urib, natijaga o'z hissasini qo'shdi.
"Yildiz — oddiy futbolchi emas, go'yo inoplanetian. Ba'zida ataylab xato qiladi, shunchaki o'zini oddiy odamdek ko'rsatish uchun", — dedi Spalletti DAZN bilan suhbatda.
Turkiyalik yosh yulduz joriy mavsum A Seriyada 21 o'yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
Turnir jadvalida "Yuventus" 42 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda, "Napoli" esa 43 ochko bilan to'rtinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing