Pedri va Yamalning g'alabali o'yini Flikning e'tirofiga sabab bo'ldi

Pedri va Yamalning g'alabali o'yini Flikning e'tirofiga sabab bo'ldi
Qisqacha

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik, "Atletik" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, Pederining o'yinini yuqori baholadi. Flikning fikricha, 23 yoshli futbolchi jamoaning o'yinini o'zgartirib, jamoa a'zolarining samaradorligini oshiradi. Shuningdek, u Lamin Yamalning o'yinini ham e'tirof etdi, garchi u eng yaxshi o'yinini ko'rsatmagan bo'lsa-da, muhim vaziyatni hal qilgan. Hozirda "Barselona" La Liga turnir jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda.

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik Ispaniya chempionati doirasida "Atletik" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Germaniyalik mutaxassis jamoaning yarim himoyachisi Pedrining harakatlariga alohida to'xtalib o'tdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Flikning so'zlariga ko'ra, aynan 23 yoshli futbolchining maydonga tushishi o'yin tizginini kataloniyaliklar qo'liga o'tishini ta'minlagan. Murabbiy Pedri nafaqat o'zi yaxshi o'ynashi, balki atrofidagi jamoadoshlarining ham samaradorligini oshirishini ta'kidladi.

Pedri va Yamalning g'alabali o'yini Flikning e'tirofiga sabab bo'ldi

«Pedri barchani yaxshiroq o'ynashga majbur qiladi. U o'yinni o'zgartirib yubordi va chiziqlar o'rtasidagi bog'liqlikni a'lo darajada tikladi.

Uning maydonda bo'lishi Dani Olmo kabi ijodkor futbolchilarning ishini ham yengillashtirdi», — dedi Flik.

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Lamin Yamal haqida gapirar ekan, murabbiy yosh yulduz o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatmagan bo'lsa-da, kerakli pallada vaziyatni hal qilganini e'tirof etdi. Flikning fikricha, jamoa sifatida kurashish va qiyin vaziyatlarda g'alabani ilib ketish chempionlik xarakteridan dalolat beradi.

Hozirda "Barselona" La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Jamoa navbatdagi muhim bahsni Chempionlar ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'tkazadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar