Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak masalasini hal qildi

Hujumchi Sadio Mane katta ehtimol bilan «Al-Nasr»ni tark etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabia xabariga ko‘ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan. Mane bilan amaldagi bitim 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Mane 2023 yilda «Bavariya»dan «Al-Nasr»ga 30 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchini 7 million yevroga baholamoqda.
Ayni paytda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing