date

Amazon koinotga 300 tadan ortiq sun'iy yo'ldosh uchirdi

Amazon koinotga 300 tadan ortiq sun'iy yo'ldosh uchirdi

Amazon so'nggi bir hafta ichida ikkita parvozni amalga oshirib, past orbitali sun'iy yo'ldoshlari sonini 300 dan oshirdi. Biroq kompaniya AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) litsenziyasi talablaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

30 aprel kuni Fransuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan "Ariane 64" raketasi uchirildi. U 2 soatdan so'ng 32 ta Amazon Leo sun'iy yo'ldoshini 465 kilometr balandlikdagi maqsadli orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi.

Bungacha 27 aprel kuni Florida shtatidagi Kanaveral burnidan "Atlas 5" raketasi uchirilgan va koinotga 29 ta apparat olib chiqilgan edi. Ushbu parvozlar natijasida Amazon guruhidagi sun'iy yo'ldoshlarning umumiy soni 302 taga yetdi.

Bu rejalashtirilgan 3232 ta apparatning 10 foizidan ham kamroqdir.

Kompaniya 30-iyulga qadar butun guruhning yarmini orbitaga olib chiqishi kerak. Yanvar oyida Amazon parvoz imkoniyatlarining qisqa muddatli taqchilligini ro'kach qilib, regulyatordan ushbu muddatni 2 yilga uzaytirishni yoki butunlay bekor qilishni so'ragan edi.

Amazon mart oyida tarmoqni joylashtirishni tezlashtirish va yillik parvozlar sonini 20 dan oshirish niyatida ekanini ma'lum qildi. Shuningdek, kompaniya "Falcon 9" raketasining yana 10 ta parvozini band qilgan.

Navbatdagi uchirish 22 may kuni "Atlas 5" raketasi yordamida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Amazon koinotga 300 tadan ortiq sun'iy yo'ldosh uchirdi