Nant klub tarixidagi eng yomon 19-tur natijasini qayd etdi

Fransiya chempionatining 19-turida «Nant» «Nitsa»ga qarshi bahsda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi — 1:4. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu natija «kanareykalar» uchun joriy mavsumdagi 11-mag‘lubiyat bo‘ldi. 19 turdan keyin «Nant» turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 14 ochko jamg‘argan.
Qayd etilishicha, bu klubning Fransiya oliy ligasidagi butun tarixida 19 turdan keyingi eng past ko‘rsatkich: «Nant» avval hech qachon mavsumni bu qadar omadsiz boshlamagan.
Hozir jamoa turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda «Nant» 1-fevral kuni safarda «Loryan»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing