Slutskining jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Sanfrechche Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahsdagi yagona gol 78-daqiqada urildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani amalga oshirdi. Bu mag'lubiyat «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi yutqazish bo'ldi.
Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing