date

Ronaldusiz g'alaba qozongan Al-Nasrga portugaliyalik ikki emoji qoldirdi

Ronaldusiz g'alaba qozongan Al-Nasrga portugaliyalik ikki emoji qoldirdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, Al-Nasr sardorsiz ham o'z yo'lidan qaytayotgani yo'q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o'yinini ham yutdi: Tojikistonda Istiklol 4:0 hisobida yirik mag'lub etildi. Bu natija Al-Nasrga guruhni peshqadam sifatida yakunlab, navbatdagi bosqichga chiqishni ta'minladi.

O'yindan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olgani haqidagi xabarni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda olqish belgisini qo'shdi.

40 yoshli Ronaldu Al-Nasr bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha 2027 yil o'rtalarigacha klub futbolchisi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldusiz g'alaba qozongan Al-Nasrga portugaliyalik ikki emoji qoldirdi