date

Argentinaning eng qadimgi klubi stadionini qayta qurmoqchi

Argentinaning eng qadimgi klubi stadionini qayta qurmoqchi

1887 yilda tashkil topgan va Argentinadagi eng qadimgi klublardan biri sanaladigan «Kilmes» hozir og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Jamoa rahbariyati vaziyatdan chiqish uchun o'zining sodiq muxlislariga murojaat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap odatdagidek moliyaviy xayriya haqida emas. Klub stadionni qayta qurish ishlariga ko'mak so'rab, muxlislarni bevosita arena hududiga kelib, jismoniy mehnat orqali turli vazifalarni bajarishga chaqirmoqda.

Janubiy yarimsharda yozning jazirama kunlari bo'lishiga qaramay, «Kilmes» ishqibozlari bu taklifni iliq qabul qildi va yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentinaning eng qadimgi klubi stadionini qayta qurmoqchi