Rodri "Man Siti" bilan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirdi

Rodri "Man Siti" bilan 2027 yilgacha shartnomasini uzaytirdi. 26 yoshli yarim himoyachi 2019 yilda "Atletiko"dan 62,8 million funt evaziga transfer qilingan va Pep Gvardiola jamoasining asosiy o'yinchilaridan biriga aylandi. U o'tgan mavsumda jamoaning markaziy yarim himoyasida muhim rol o'ynadi va yangi mavsumda raqobat kuchayishi kutilmoqda. Rodri, "Siti"ga qo'shilish o'z faoliyatidagi eng yaxshi qaror bo'lganini ta'kidladi.
Ispaniya terma jamoasi a'zosi Rodri "Man Siti" bilan amaldagi kelishuvini uzaytirdi. Yarim himoyachi imzolagan yangi besh yillik shartnoma uni 2027-yilgacha "Etixad" stadionida qoldiradi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
26 yoshli futbolchi 2019-yilda Madridning "Atletiko" klubidan 62,8 million funt sterling evaziga transfer qilingan edi. U o'tgan vaqt davomida Pep Gvardiola jamoasining asosiy figuralaridan biriga aylandi va ketma-ket ikki marta Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo'lga kiritdi.
«2019-yilda "Siti"ga qo'shilish faoliyatimdagi eng yaxshi qaror bo'lgan. Bu yerda o'tkazgan har bir soniyamdan zavq oldim.
Biz katta muvaffaqiyatlarga erishdik, ammo bu g'alabalar meni yanada och qilib qo'ydi. Katta sovrinlarni yuta boshlaganingizdan so'ng, to'xtashni xohlamaysiz», — dedi Rodri.
Gvardiola ispaniyalik futbolchining jamoa kelajagidagi o'rnini yuqori baholagan. Rodri o'tgan mavsumda Fernandinyo bilan raqobatda g'olib chiqib, tayanch yarim himoyasi markazida muqim joy egalladi.
Braziliyalik faxriy futbolchi yozda klubni erkin agent sifatida tark etdi.
Yangi mavsumda Rodri uchun raqobat yanada kuchayishi kutilmoqda. Sababi "shaharliklar" tarkibiga "Lids"dan 42 million funt evaziga Angliya terma jamoasi a'zosi Kalvin Fillips kelib qo'shildi.






























Izohlar 0
…