Endrik Liga 1da asrning eng yosh xet-trikchilaridan biri bo'ldi

"Lion" hujumchisi Endrik, Madridning "Real" klubidan ijara asosida kelgan futbolchi, "Mets"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etib, jamoasining 5:2 hisobidagi g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi 11 va 45-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi, 87-daqiqada esa penaltidan aniq zarba yo'llab, uchrashuvdagi yakuniy hisobni rasmiylashtirdi. Madrid Zone ma'lumotiga ko'ra, Endrik 19 yosh 188 kunligida 21-asr boshidan buyon Liga 1da xet-trik urgan eng yosh futbolchilar ro'yxatida 4-o'ringa chiqdi. Undan yuqorida Jeremi Menez (17 yosh 260 kun), Kilian Mbappe (18 yosh 53 kun) va Usmon Dembele (18 yosh 296 kun) qayd etilgan.
Yanvar boshida "Real"dan "Lion"ga kelganidan beri Endrik uchta o'yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!