David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi va ish topdi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq «River Pleyt» safida ham to‘p surib, hatto mamlakat ikkinchi ligasida chempion bo‘lishni ham uddalagan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endi esa Trezege futbolchilik emas, boshqaruv yo‘nalishida «River Pleyt»ga xizmat qiladi — u klubning rahbariyat tarkibiga qo‘shilmoqda.
Trezening klubdagi aniq lavozimi hozircha rasman ochiqlanmadi. Shunga qaramay, «River Pleyt» uni butun rahbariyat ishtirokida taqdim etdi va u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi hamda klubni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing