Spalletti Yildizni maydondagi haqiqiy inoplanetian deb atadi

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti hujumchi Kenan Yildizning o‘yinidan yana bir bor hayratini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
20 yoshli futbolchi A Seriyaning 22-turida «Napoli»ga qarshi uchrashuvda (3:0) gol urib, «keksa sinora»ning yirik g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
«Yildiz — oddiy futbolchi emas, u xuddi inoplanetian. Ba’zan ataylab nimanidir noto‘g‘ri qiladi, go‘yo o‘zini oddiy insondek ko‘rsatmoqchi bo‘lgandek», — dedi Spalletti DAZN bilan suhbatda.
Joriy mavsumda turkiyalik yosh yulduz Italiya chempionatida 21 o‘yinda 8 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lib turibdi.
Turnir jadvalida «Yuventus» 42 ochko bilan 5-o‘rinda, «Napoli» esa 43 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing