date

Genich 7-turdan so'ng ikki klubni alohida e'tirof etdi

Genich 7-turdan so'ng ikki klubni alohida e'tirof etdi

Mashhur sharhlovchi Konstantin Genich UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi 7-tur yakunlari bo'yicha ikki jamoa o'yinini ajratib ko'rsatdi. Uning fikricha, Norvegiyaning «Budo-Glimt» klubi turnirdagi eng katta kutilmagan natijalardan birini qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

So'nggi uchrashuvda skandinavlar sensatsion tarzda «Manchester Siti»ni 3:1 hisobida mag'lub etib, tur qahramoniga aylandi. Genich bu natijani 7-turning asosiy sensatsiyasi sifatida baholadi.

Sharhlovchi «Arsenal»ning chiqishini ham alohida ta'kidladi. «Budo-Glimt — 7-turdagi eng katta sensatsiya. Menimcha, yana bir sensatsiya — «Arsenal»ning o'yini. «Arsenal» bunchalik ochiq o'ynay olishini kutmagandim. Ular «Inter»ga qarshi juda zo'r o'ynadi», — deya Genichning so'zlarini «Komment.Shou» YouTube kanali keltirdi.

Yetti turdan so'ng «Arsenal» 21 ochko jamg'arib, Chempionlar ligasining umumiy jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. «Budo-Glimt» esa 6 ochko bilan 28-o'rinda joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Genich 7-turdan so'ng ikki klubni alohida e'tirof etdi