date

Ronaldusiz g‘alaba qozongan Al-Nasrni Krishtianu olqishladi

Ronaldusiz g‘alaba qozongan Al-Nasrni Krishtianu olqishladi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” yetakchisiz ham ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi: Tojikistonda “Istiklol” 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi. Shu tariqa “Al-Nasr” guruhda 5 o‘yindan 5 g‘alaba bilan keyingi bosqichga birinchi o‘rindan yo‘l oldi.

O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining pley-offga birinchi o‘rindan chiqqani haqidagi xabarni ulashib, ikki emoji — olov va qarsak — bilan munosabat bildirdi.

40 yoshli portugaliyalik hujumchining “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldusiz g‘alaba qozongan Al-Nasrni Krishtianu olqishladi