Real Mbappe mashgulotlari bo'yicha yangilikni e'lon qildi

Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi safardagi uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dushanba kuni Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi va klub sayti ayrim futbolchilarning holati haqida ma'lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ma'lum bo'lishicha, Kilian Mbappe yakka tartibdagi dastur asosida yengil yuklama bilan shug'ullangan. Antonio Ryudiger mashg'ulotning bir qismini umumiy guruh bilan o'tkazib, keyin individual rejimga o'tgan. Mbappe va Karreras ham yengil individual trening bajargan, Eder Militao esa zalda ishlagan. Ferlan Mendi maydonda ham, bino ichida ham alohida mashq qilgani qayd etildi.
«Benfika» — «Real» uchrashuvi 28 yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Lissabondagi o'yin jarayonini matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!