Kenan Yildiz Ronaldu va Del Pyeroning natijasini takrorladi

Kenan Yildiz «Yuventus» safida «Napoli» darvozasiga kiritilgan uch golning biriga mualliflik qildi. Biroq uchrashuv Luciano Spalletti boshqaruvidagi jamoaning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi — 3:0. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turkiyalik hujumchi g‘alaba uchun uch ochko beriladigan davrda A Seriyasining bir mavsumida «Napoli»ga qarshi har ikki o‘yinda ham «Yuventus» safida gol urgan bor-yo‘g‘i beshinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq bunday natijani Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro del Pyero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabritsio Ravanelli (1994/95) qayd etgan.
Joriy mavsumda Yildiz Italiya chempionatida jami sakkiz gol urdi, shuningdek, u jamoadoshlariga to‘rt bor golli uzatma ham berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!