Ronaldu Al-Nasr g‘alabasiga ikki emoji bilan munosabat bildirdi

Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, «Al-Nasr» o‘z yetakchisisiz ham ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya Arabistoni klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o‘yinini ham yutdi: Tojikistonda «Istiklol» 0:4 hisobida yirik mag‘lub etildi.
O‘yindan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr» guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni repost qildi va unga olov hamda qarsak emojilarini qo‘shdi.
40 yoshli Ronaldu «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomaga ega, uning bitimi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shuningdek, internetda Krishtianu Ronaldu va Tojikiston bilan bog‘liq soxta xabarlar ham muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!