L’Equipe jurnalisti Safonovga PSJda yana imkon berish kerak dedi

L’Equipe nashri vakili bo‘lgan fransuz jurnalisti Jan-Filip Lekler rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning PSJdagi vaziyati haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, hozir Safonov jamoada asosan ikkinchi raqamli posbon sifatida ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, unga yana maydonga tushish uchun imkon berish lozim. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Leklerning ta’kidlashicha, Safonov jarohat olguniga qadar juda ishonchli o‘ynagan, undan keyin esa Shevale darvozadagi harakatlari bilan ishonch uyg‘otmayapti va hatto jiddiy xavotir ham tug‘dirmoqda. Shu bois jurnalist Safonovga yana bir imkon berish tarafdori, biroq u baribir tarkibda Shevaleni ko‘rishni aynan Luis Enrike xohlaganini ham eslatib o‘tdi.
Shuningdek, Lekler agar Shevale PSJda ikkinchi darvozabonga aylansa, bu Enrikening qarori va pozitsiyasiga zid holat bo‘lib qolishini qayd etdi.
Avvalroq Safonov jarohatdan keyin PSJ bilan mashg‘ulotlarni qayta boshlagani haqida xabarlar chiqqandi. Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa navbatdagi uchrashuvini 28-yanvar, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar ligasida “Nyukasl”ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!