date

Real Mbappe borasida mashgulot yangiliklarini e'lon qildi

Real Mbappe borasida mashgulot yangiliklarini e'lon qildi

Madridning «Real» jamoasi Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi safar uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dushanba kuni Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa navbatdagi mashgulotni o‘tkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rasmiy sayti ayrim futbolchilarning jismoniy holati haqida ma’lumot berdi. Unda qayd etilishicha, Kilian Mbappe shaxsiy dastur asosida o‘rtacha yuklama bilan mashg‘ulot o‘tkazgan.

Shuningdek, Ryudiger mashg‘ulotning bir qismini umumiy guruh bilan bajargach, keyin individual tartibda ishlagan. Mbappe va Karreras ham yengilroq individual mashg‘ulot bilan cheklangan. Militao zalda shug‘ullangan, Mendi esa maydonda ham, bino ichida ham alohida rejada ishlagan.

«Benfika» — «Real» uchrashuvi 28-yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Lissabondagi o‘yin jarayonini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Mbappe borasida mashgulot yangiliklarini e'lon qildi