date

Argentina klubi Kilm'es stadionni qayta qurish uchun yordam so'ramoqda

Argentina klubi Kilm'es stadionni qayta qurish uchun yordam so'ramoqda

Argentina futbolidagi eng qadimiy jamoalardan biri bo'lgan «Kilm'es» (1887 yilda tashkil topgan) bugun og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Klub rahbariyati shu bois muxlislardan yordam so'rab murojaat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap odatdagidek mablag' yig'ish haqida emas. «Kilm'es» stadionini qayta qurish ishlarida fanatlarni bevosita maydonga kelib, jismoniy mehnat qilishga chaqirishdi — ya'ni ta'mirlash va qayta jihozlash bo'yicha turli vazifalarni bajarish taklif etildi.

Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, klubning ko'plab ishqibozlari bu chaqiriqqa mamnuniyat bilan javob berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina klubi Kilm'es stadionni qayta qurish uchun yordam so'ramoqda