date

Rossiya terma jamoasi martdagi o‘yinlarini ikki shaharda o‘tkazadi

Rossiya terma jamoasi martdagi o‘yinlarini ikki shaharda o‘tkazadi

Rossiya terma jamoasi mart oyining oxirida ikki o‘rtoqlik uchrashuvini Sankt-Peterburg va Krasnodarda o‘tkazadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Birinchi bahs 27 mart, juma kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi. 31 martda esa Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Krasnodarga yo‘l oladi.

«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, ushbu o‘yinlardagi raqiblar keyinroq ma’lum qilinadi.

Avvalroq RFU rahbari Aleksandr Dyukov potensial raqiblar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini aytgandi.

Uning ta’kidlashicha, taqvim terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi ehtimoli inobatga olingan holda tuzilmoqda. Shu bilan birga, amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkin bo‘lgan ssenariy ham ko‘zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi martdagi o‘yinlarini ikki shaharda o‘tkazadi