Real Mbappe haqida yangilik e'lon qildi va holatini ma'lum qildi

Madridning «Real» jamoasi Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi safardagi uchrashuv oldidan tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dushanba kuni Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi, klub rasmiy sayti esa ayrim futbolchilarning holati bo'yicha yangilangan ma'lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ma'lum bo'lishicha, Kilian Mbappe mashg'ulotni individual dastur asosida o'rtacha yuklama bilan bajargan. Antonio Ryudiger esa mashg'ulotning bir qismini umumiy guruh bilan o'tkazib, keyin alohida ishlagan. Mbappe bilan birga Karreras ham individual tarzda o'rtacha sur'atda shug'ullangan, Eder Militao zalda mashq qilgan, Ferlan Mendi esa maydonda va yopiq inshootda individual tayyorgarlik olib borgan.
«Benfika» — «Real» uchrashuvi 28-yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Lissabondagi bahsning borishi LiveResult portali orqali matnli translyatsiyada yoritiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!