Rossiya terma jamoasi martda Peterburg va Krasnodarda o'ynaydi

Rossiya terma jamoasi mart oyining oxirida ikki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. O'yinlar Sankt-Peterburg hamda Krasnodar shaharlarida tashkil etiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dastlabki bahs 27 mart, juma kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi. 31 mart kuni esa Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Krasnodarga yo'l oladi.
«Sport-Ekspress» xabariga ko'ra, ushbu uchrashuvlarda rossiyaliklarning raqiblari keyinroq e'lon qilinadi.
Avvalroq RFU rahbari Aleksandr Dyukov bo'lajak raqiblar bilan muzokaralar allaqachon olib borilayotganini bildirgan edi.
Dyukovning ta'kidlashicha, taqvim terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi ehtimoli inobatga olingan holda tuzilmoqda. Biroq amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkin bo'lgan ssenariy ham ko'rib chiqilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!