Rossiya terma jamoasi martda Peterburg va Krasnodarda o‘ynaydi

Rossiya terma jamoasi mart oyining oxirida ikki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bellashuvlar Sankt-Peterburg va Krasnodar shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Birinchi o‘yin 27 mart, juma kuni shimoliy poytaxtda tashkil etiladi. 31 mart kuni esa Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Krasnodarga yo‘l oladi.
«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, ushbu bahslar uchun rossiyaliklarning raqiblari keyinroq ma’lum qilinadi.
Avvalroq RFU rahbari Aleksandr Dyukov potentsial raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘yicha muzokaralar allaqachon olib borilayotganini bildirgandi.
Dyukovning ta’kidlashicha, taqvim terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi ehtimolini inobatga olgan holda tuzilmoqda. Shu bilan birga, amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkin bo‘lgan ssenariy ham ko‘zda tutilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!