Argentinalik Quilmes stadionni yangilash uchun muxlislarni chaqirmoqda

1887 yilda tashkil topgan va Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Quilmes» hozirda ogʻir davrni boshdan kechirmoqda. Klub rahbariyati vaziyatdan chiqish uchun eng sodiq tayanchiga — muxlislarga murojaat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa stadionni qayta qurish va yangilashni rejalashtirmoqda, biroq bu safar odatdagidek pul yigʻish haqida gap ketmayapti. «Quilmes» ishqibozlariga xayriya oʻrniga stadionga kelib, taʼmirlash va qayta jihozlash ishlarida bevosita jismoniy yordam berish taklif etildi.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, muxlislar klub chaqirigʻini iliq qabul qildi va tashabbusga mamnunlik bilan qoʻshildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing